Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Otangga balli! Shohjahon Ergashev Maykl Foksni mag‘lub etib, IBF International kamarini qo‘lga kiritdi

Otangga balli! Shohjahon Ergashev Maykl Foksni mag‘lub etib, IBF International kamarini qo‘lga kiritdi

15 fevral kuni (16 fevral Toshkent vaqti bilan 09:00) professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (15 ta jang, 15 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Unda Shohjahon amerikalik bokschi Maykl Foksga (19 ta jang, 19 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi. Jang AQShning Kanzas shtatidagi Kanzas Star arenasida o‘tkazildi.

IBF International chempionlik kamari uchun kechgan 10 raunddan iborat mazkur jangda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar bo‘yicha amerikalik bokschini mag‘lub etdi.

Kiritildi: 10:25 16.02.2019. O'qildi: 2896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!