Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ostona shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

Ostona shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

22 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘tkazgan muzokaralar chog‘ida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar qildi.

«Bu umumiy tariximiz va madaniyatimizga katta ehtiromning yorqin tasdig‘i, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari abadiyligi ramzidir», — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Shu bilan birga, prezident umumiy madaniy-tarixiy merosni o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, shu maqsadda TV, radio va veb-saytdan iborat qo‘shma axborot resursini tashkil etish, buyuk yozuvchi va shoirlar asarlarini nashr qilishni taklif etdi.

Kiritildi: 15:59 22.12.2022. O'qildi: 2365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!