Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Osiyo o‘yinlari. Hasanboy Do‘stmatov finalda

A A A
Osiyo o‘yinlari. Hasanboy Do‘stmatov finalda

Bugun, 29 avgust kuni o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo o‘yinlari-2018 musobaqasining yarim final bosqichida janglarini o‘tkazmoqdalar. 

Jumladan, 49 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Hasanboy Do‘stmatov xitoylik Vu Jonglinga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa finaliga yo‘llanma olgan to‘rtinchi o‘zbek bokschisiga aylandi. 

Avvalroq Jasurbek Latipov va Shunqor Abdurasulov va Bobousmon Boturov musobaqa finaliga yo‘llanma olgan edi. 

Bugun yana uch nafar bokschilarimiz yarim finalda janglarini o‘tkazadilar. 

16:45. 56 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov – Sunan Amoragam (Indoneziya)

17:00. 64 kg. Iqboljon Xoldorov – Daysuke Narimatsu (Yaponiya)

17:45. 75 kg. Isroil Madrimov – Feliks Marsyal (Filippin).

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 16:44 31.08.2018. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik