Bu haqda AQSh fuqaro aviasiyasi ma’muriyati (FAA) ma’lumotlariga tayanib, Fox35 mintaqaviy telekanali xabar berdi.
FAA xabariga ko‘ra, Airbus A330 dushanba kuni ertalab Atlantaga uchishga tayyorlanayotgan edi, bortida 200 yo‘lovchi, 10 styuardessa va ikki uchuvchi bor edi. Samolyot harakatlana boshlaganida dvigatellardan birining egzoz trubkasidan alanga chiqayotgani ko‘rindi.
E’lon qilingan videoda qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishga urinayotgan vaqtda yo‘lovchilar favqulodda slaydlar orqali samolyotni tark etayotganini ko‘rish mumkin.
Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.