Turkiyaning Anqara shahridagi aeroport binosiga terror hujumi sodir bo‘ldi. Terrorchilar odamlarni garovga oldi. Kuzatuv kameralarida kamida to‘qqiz kishi ko‘rinib turibdi.
Shuningdek, terrorchilar orasida ayol ham borligi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlandi – u erkak bilan binoga kiraverishda o‘q uzayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Hujum qilganlardan ikki nafari o‘ldirilgan. Uchinchisi hali tirik.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum paytida uch kishi halok bo‘lgan (terrorchilarni hisobga olmaganda) va besh kishi yaralangan.