Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning dushmanlari deb hisoblanganlarga qarshi kurashuvchi idoralararo organ tuzgani haqida Newsweek jurnali xabar berdi.
Nashrning yozishicha, komissiya tarkibiga Oq uy, Federal qidiruv byurosi (FBI), Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA), Milliy razvedka direktori idorasi, shuningdek adliya, mudofaa va ichki xavfsizlik departamentlari xodimlari kiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu organ 2025 yil may oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
Reuters agentligiga gapirgan manbaning aytishicha, “aniq shaxslar qasos olish maqsadida nishonga olinmayapti”.