AQSh Oq uyining Jahon chempionati bo‘yicha maxsus ishchi guruhi rahbari Endryu Juliani siyosat futbolga ta’sir o‘tkazayotganini tan oldi.
Ma’lumki, FIFA yaqinda AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasini vaqtincha to‘xtatib, unga qizil kartochka olganiga qaramay Jahon chempionati chorak finalida maydonga tushishga ruxsat bergan edi.
«Prezident Trampga teng keladigan inson yo‘q, ammo Janni Infantino undan uncha orqada emas. Futbolda Vashingtondagidan ham ko‘proq siyosat bor va menimcha, buni kuzatish juda qiziq», — dedi Juliani.