Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shakar kokainga nisbatan 8 baravar ko‘proq qaramlikni keltirib chiqaradi. Darhaqiqat, odamlar tushunib-tushunmay asta-sekin o‘zlarini halok qilmoqda. Ushbu xavfli qaramlikdan qanday qilib butunlay qutulish mumkinligi haqida gaplashamiz.

Ko‘plab mutaxassislarning ta’kidlashicha, shirinlik va xamirli taomlarga qaramlik ovqatlanishning hissiy emas, balki biologik buzilishi hisobiga yuzaga keladi. Afsuski, pechenyelar, kekslar, gazlangan salqin ichimliklar, souslar (masalan, ketchup) ko‘plab odamlarning odatiy ovqatlanish tarziga allaqachon kirib bo‘lgan va aynan ular yuqori xavf darajasini keltirib chiqaradi. Garvard universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda sutli kokteyl nafaqat qondagi qand va insulin miqdorini keskin oshirib, qandga bo‘lgan ishtiyoqni keltirib chiqarishi, balki miyadagi o‘zgarishlarni ham qo‘zg‘atishi mumkinligi aniqlandi: shakar organizmdagi qaramlikni chaqiruvchi markazlarni «uyg‘otadi».

Mavzuga doirOzmoqchi bo‘lganlar uchun 5 mazali nonushta

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Shakarga bo‘lgan qaramlikdan xalos bo‘lish va sog‘liqqa zarar yetkazadigan uglevodlarni zararsizlantirish rejasiga qat’iy amal qilgan holda bundan xalos bo‘lish mumkin. Tanani tozalash va qayta tiklash uchun ushbu qoidalarga atigi 10 kun davomida amal qilish kifoya!

Mavzuga doir: Shirinlik, sut va dermatologlar tiyilishni tavsiya qiladigan boshqa mahsulotlar

Shirinliklardan qat’iyan voz keching

Afsuski, haqiqiy fiziologik qaramlikni yengishning to‘liq rad etishdan boshqa usuli yo‘q. Shirinliklardan qat’iylik bilan voz keching: shakarning barcha turlari, xamir mahsulotlari va barcha sun’iy shirinlik beruvchi komponentlardan (ular qaramlikni kuchaytirib, metabolizmni sekinlashtiradi, bu esa organizmda yog‘ to‘planishiga olib keladi). 10 kun davomida tarkibida transyog‘lar va glutamat natriy bo‘lgan har qanday qayta ishlangan taom iste’mol qilishdan saqlaning.

Mavzuga doir: «Nimadir yegim kelyapti». Shirinlik o‘rnini bosuvchi foydali yeguliklar

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Kaloriyaga boy ichimlik ichmang

Shakarning suyuq shakli shakar yoki un tarkibida bo‘lgan uglevodga qaraganda ancha zararli. Shakarli ichimliklar uglevodni jigaringizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashiydi. Natijada to‘qlik hissi paydo bo‘lmaydi, shuning uchun kun davomida ko‘proq ovqatlanasiz, yanada ko‘proq shakar va uglevodlarni iste’mol qilish xohishi kuchayadi.

Gazlangan ichimlik, shirin choy yoki qahva kabi tarkibida shakar bo‘lgan barcha sharbatlar (meva va sabzavotlardan tashqari) va energetik  ichimliklar kaloriyaning eng katta manbasi hisoblanadi.

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Yarim litrlik gazlangan ichimlik tarkibida 15 choy qoshiq shakar borligini unutmang. Bir kunda bitta gazli ichimlik yosh bolaning semirish xavfini 60 foizga, ayollarda esa II toifa diabetga chalinish xavfini 80 foizga oshiradi.

Mavzuga doir: Miya faoliyatini yaxshilaydigan 7 ichimlik

Rasioningizga proteinga boy mahsulotlar qo‘shing

Ayniqsa, nonushta paytida oqsilga boy taom iste’mol qilishga harakat qiling. Bu qondagi shakar va insulin miqdorini muvozanatda ushlab turadi, shuningdek, shakarga bo‘lgan xohishni kamaytiradi. Ko‘proq yong‘oq, pista, tuxum, baliqdan foydalaning. Bundan tashqari, tabiiy yo‘l bilan oziqlantirilgan, antibiotik va gormonlarsiz boqilgan hayvon yoki yuqori sifatli parranda go‘shtini rasionga kiriting.

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Mavzuga doir: Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari rasionga kiritilishi kerak?

Foydali uglevodli mahsulotlarni muntazam iste’mol qiling

Ko‘katlar, karam (gulkaram, brokkoli va boshqalar), dukkalilar, piyoz, pomidor, ukrop, baqlajon, bodring, sabzi, bulg‘or qalampiri kabi tarkibida kraxmal bo‘lmagan sabzavotlarni ko‘proq tanovul qiling. Faqat kartoshka, batat (shirin kartoshka), qovoq va lavlagini menyudan chiqarib turish lozim.

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Mavzuga doir: No‘xat sho‘rva, karam do‘lma, omlet va Pekin karamidan tayyorlanadigan boshqa mazali taomlar resepti

Yog‘ yordamida shakar bilan kurashish

Ortiqcha vazn to‘planishining sababi aslida yog‘ emas, balki shakardir. Yog‘ to‘qimalar oziqlanishida va qondagi shakar miqdorini muvozanatlashda yordam beradi. Tarkibida zaytun, kokos, avokado va omega-3 yog‘lari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga e’tibor qarating.

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Mavzuga doir: Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot

Yallig‘lanish jarayonini to‘xtating

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yallig‘lanish qondagi shakar miqdori muvozanatining buzilishiga, II turdagi diabet keltirib chiqarishga sababchi bo‘ladi. O‘n kun davomida eng keng tarqalgan glyuten va sut mahsulotlaridan saqlaning. Bu oson bo‘lmaydi, lekin ularsiz ikki-uch kundan keyin quvvat oshganini his qilasiz, og‘irlikdan xalos bo‘lasiz va ko‘plab simptomlar yo‘qolganini yaqqol sezasiz.

Mavzuga doir: Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik

Tiniqib uxlang

Tiniqib uxlamaslik ham shakar va uglevodlarga bo‘lgan qaramlikni keltirib chiqaradi, chunki u ishtahaga javobgar gormonlarga ta’sir qiladi. Inson yaxshi uxlamasa, yetarli quvvatga ega bo‘lmaydi, natijada osonroq hazm bo‘ladigan shakarni iste’mol qiladi. Uyqu — ortiqcha ovqatlanish bilan kurashishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Mavzuga doir: To‘yib uxlash va sarvqomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Shakarsiz foydali shirinliklar

Sarxil holicha yoki uy sharoitida qayta ishlangan meva va rezavorlar bu borada sizga yordam beradi. Shuningdek, mevali salatlar, mevali smuzilar hamda quritilgan mevalar organizmning shakarga bo‘lgan ehtiyojini bemalol qondiradi. Ammo shuni unutmangki, mevalarni ovqatdan so‘ng darhol iste’mol qilish mumkin emas, 1-2 soatdan so‘ng tanovul qilish maqsadga muvofiq.

Oq «qotil» — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

Foto: Getty Images

Tabiiy qora shokoladni ham foydali shirinliklarga kiritish mumkin, ammo tarkibida kamida 70% kakaoli va albatta, shakarsiz bo‘lishi lozim. Tabiiy mevalar, mevalar yoki sharbatlardan tayyorlangan pastilalar ham bu borada yaxshi tanlov bo‘la oladi.

Kiritildi: 14:44 27.02.2021. O'qildi: 2729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!