Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

OpenAI Ukrainaga kiberhimoyada yordam beradi

OpenAI Ukrainaga kiberhimoyada yordam beradi

OpenAI Ukrainaga kiberhimoya sohasida yordam berishini ma’lum qildi. Kompaniya ukrainalik mutaxassislarga IT tizimlaridagi xavfsizlik zaifliklarini aniqlash va bartaraf etishga yordam beruvchi Daybreak dasturiy paketidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur vosita kritik muhim tarmoqlarni himoya qilish va ulardagi ehtimoliy zaifliklarni aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Kompaniya bu haqda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida ma’lum qildi.

Daybreak ochiq foydalanish uchun mavjud bo‘lmagan dasturiy paket hisoblanadi.

Kiritildi: 21:30 24.09.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik