"Oltin to‘p" uchun ovoz berishda ikki yoki undan ortiq futbolchi bir xil ochko to‘plasa, g‘olibni aniqlash uchun maxsus tartib qo‘llanadi.
France Football reglamentiga ko‘ra, bunday vaziyatda avvalo qaysi futbolchi birinchi o‘rin uchun ko‘proq ovoz olgani hisobga olinadi.
Agar bu ko‘rsatkich ham teng chiqsa, keyin ikkinchi o‘rin uchun berilgan ovozlar soni solishtiriladi. Zarur bo‘lsa, uchinchi va undan keyingi o‘rinlar uchun berilgan ovozlar ham ketma-ket hisobga olinadi.
Eng noyob holatda, ya’ni barcha mezonlar bo‘yicha natija mutlaqo teng bo‘lib qolsa, yakuniy qarorni France Football nashri bosh muharriri qabul qiladi.
"Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.