Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Olmaliqda ayol kishiga tegajog‘lik qilgan shaxs uning hamrohini o‘ldirib qo‘ydi

Olmaliqda ayol kishiga tegajog‘lik qilgan shaxs uning hamrohini o‘ldirib qo‘ydi

12 avgust kuni Olmaliq shahrida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, “Uzumbog‘” dala hovlisi hududida A.B. ismli ayolga tegajog‘lik qilgan S.X.ni ayolning hamrohi bo‘lgan I.P. tartibga chaqirgan. Bu holatdan jahli chiqqan S.X. I.P.ni qo‘li bilan urganida I.P. boshi bilan yerga yiqilgan.

Natijada u yetkazilgan tan jarohatidan 13 avgust kuni A.B.ning dala hovlisida vafot etgan. S.X. esa qo‘lga olingan.

Manba; kun.uz

Kiritildi: 20:42 14.08.2018. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!