Kecha, 22 iyul kuni Olma-ota shahrida ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar bermoqda.
Avtohalokat Do‘stlik chorrahasida sodir bo‘lgan. Natijada 21 kishi jarohatlangan, ulardan uch nafari bolalar. Jabrlanganlrning 16 nafariga tekshiruvdan o‘tgach, ruxsat berilgan, 5 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, bir bo‘sh avtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va ikkinchisi bilan to‘qnashgan.
“Ayni vaqtda mazkur YTH yuzasidan tergov ishlari boshlangan. Ish yuzasidan tegishli ekspertiza tekshiruvlari o‘tkaziladi”, degan shahar Ichki ishlar departamenti
Matbuot xizmati.
.jpg)
.jpg)
Manba; qalampit.com