Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Oliy sud: Majburiy maktab formasi Konstitusiyaga zid emas

Oliy sud: Majburiy maktab formasi Konstitusiyaga zid emas

Qozog‘iston Oliy sudi mamlakatda anchadan buyon turli bahslarga sabab bo‘lgan o‘quvchilarning maktablarda hijob o‘rab yurishi masalasida so‘nggi qarorini aytdi. Oliy Sud matbuot xizmati tarqatgan xabarda ana shunday deyiladi. Bu haqda Turon24 yozmoqda.

Kassasiya instansiyasida ishni ko‘rib chiqishni rad etgan Oliy Sud maktablarda o‘quvchilarning hijob o‘rab yurishining taqiqlanishi haqidagi Talabnoma Konstitusiyaga zid kelishi haqidagi arizaga quyidagicha izoh berdi:

Talabnomaning maqsadi ta’limning dunyoviy xarakteriga amal qilishda o‘rta ta’lim dargohlarida majburiy maktab formasini joriy etishga yagona yondashuvni, maktab formasiga nisbatan ota-onalarda ijobiy munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalari rahbarlarining mas’uliyatini oshirishni ko‘zlaydi.

Bunda arizachilar tomonidan keltirilgan sabablar, ya’ni talabnoma Konstitusiya va xalqaro shartnomalarda belgilangan qoidalarga zid ekanligi asosli emas deb topildi.

Mazkur talabnoma Ta’lim va fan Vazirligi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasiga to‘liq amal qilingan holda ishlab chiqilganligi hamda mazkur muassasa ta’lim sohasidagi vakolatli organ ekanligi e’tiborga olingani ta’kidlanadi.

Shunday qilib, Qozog‘iston Respublikasi Oliy Sudi dunyoviy xarakterdagi ta’lim muassasalarida majburiy maktab formasiga rioya qilish talabi mamlakat Konstitusiyasida belgilangan me’yorlarga zid kelmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 13:09 17.10.2018. O'qildi: 3541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!