Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Olimlar ventilyator issiqni yanada kuchaytirishini isbotladilar

Olimlar ventilyator issiqni yanada kuchaytirishini isbotladilar

Sidneydagi Avstraliya universiteti olimlari tajriba o‘tkazib, ventilyatorlar issiq havo muammosini qabul qilingandek, unchalik ham yaxshi hal eta olmasligi haqidagi xulosaga keldilar.

Tajriba uchun 12 nafar sog‘lom erkak jalb qilindi. Ulardan shortikda xonada 2 soatdan o‘tirish so‘ralib, 4 ta yoqimsiz sharoitda sinaldilar.  

Birinchi ikki sharoitda xona harorati 40 daraja issiqqacha qizdirilgan, namlik esa 50 foiz bo‘lgan. Qolgan ikki sharoitda xona 47 daraja issiqqacha qizdirilib, namlik 10 foizni tashkil qilgan. Talab qilingan vaqtdan yarmini erkaklar ventilyatorlar oldida o‘tirishgan.  

Olimlarning ma’lum qilishicha, sinaluvchilar o‘zlarini issiqroq va namroq xonada ishlayotgan ventilyator oldida u bo‘lmagandan 2 marta yaxshiroq his qilishganini aytishgan. Biroq ventilyator issiq va quruq xonada yoqilganda, erkaklar aksincha o‘zlarini ventilyator bo‘lmagandan yomon his qilganlar. 

Bundan esa tadqiqotchilar ventilyator issiq va namroq kunlarda sovishga yordam berishi, biroq issiqroq va quruq sharoitda yanada komfortsiz sharoitni yuzaga keltirishi, ba’zan esa hattoki salomatlikka zarar yetkazishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan.

Kiritildi: 04:45 07.08.2019. O'qildi: 1326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!