Buyuk Britaniya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ilmiy maslahat guruhi mutaxassislari pandemiya kamida 2026 yilgacha davom etishidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, kovid sog‘liqni saqlash tizimiga tahdid qilishda davom etib, kamida keyingi besh yilda ham vaksinasiya va ma’lumotlar monitoringi orqali faol kuzatuvni talab qiladi. Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, agar emlash tezligi pasaysa yoki kovid tarqalishiga qarshi kurashishga qaratilgan cheklovlar yumshatilsa, bu muddat uzoqqa cho‘zilishi mumkin.
Olimlar Buyuk Britaniyada epidemiologik vaziyat barqarorlashganini qayd etib, kasallikning kamayishi emlash kampaniyasining tezlashgani bilan bog‘liqligini aytgan.