Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Olimlar koronavirusning yana yangi alomatlarini aniqlashdi

A A A
Olimlar koronavirusning yana yangi alomatlarini aniqlashdi

Britaniyalik olimlar koronavirus infeksiyasining yangi alomatlarini aniqlashdi. Ular orasida  mushaklardagi og‘riq, kuchli charchoq va oyoqlardagi  pufakchalar tilga olingan. Daily Mail bu haqda Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ilmiy maslahat guruhi (SAGE) tadqiqotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Mutaxassislar simptomlarning namoyon bo‘lishi virus yuqtirganlarning  yoshiga va organizmlarning xususiyatlariga bog‘liqligini ta’kidlashdi.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi test markazlariga qo‘shimcha yuklamalar yuzaga kelmasligi uchun  yangi aniqlangan alomatlarni COVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga kiritmaslikka qaror qildi.

Oktyabr oyi boshida Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti olimlari D vitaminini qabul qilish koronavirusdan himoyalanishda samara berishini  ta’kidlashgan edi. Ular COVID -19 alomatlari paydo bo‘lganidan keyin izolyasiya qilingan tibbiyot  xodimlari D vitamini yetishmasligidan aziyat chekishganini  aniqlashgan.

Kiritildi: 17:27 11.10.2020. O'qildi: 4082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik