Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushdi

«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushdi

Bunga ko‘ra, har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer solig‘ining 10 foizi hisobidan «Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi»ga o‘tkazilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, har bir mahalla kesimida:

➡️ jamg‘armaga yo‘naltirilgan mablag‘lar;

➡️ amalga oshirilgan xarajatlar miqdori va yo‘nalishlari;

➡️ jamg‘armadagi mavjud qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

✅ Eslatib o‘tamiz, jamg‘armalar har bir mahalla uchun alohida tarzda ochilgan bo‘lib, ularning mablag‘lari fuqarolarning takliflari va «mahalla yettiligi»ning qarori asosida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etish uchun sarflanadi.

Kiritildi: Bugun 13:09. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!