AQSh Eronga qarshi bir nechta harakatlar rejasini ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri Oliy Rahbar Ali Xomanaiy va uning o‘g‘li Mujtabani o‘ldirishni o‘z ichiga oladi, deb xabar beradi Axios manbaga asoslanib.
«Ularning har bir ssenariy uchun rejasi bor. Ulardan biri oyatullohni, uning o‘g‘lini va mullalarni (yuqori lavozimli siyosiy va diniy amaldorlar ) yo‘q qilishni o‘z ichiga oladi. Prezident nimani tanlashini hech kim bilmaydi», dedi AQSh prezidentining katta maslahatchisi.
Boshqa bir manbaning aniqlik kiritishicha, Eron rahbarini o‘ldirish rejasi Donald Trampga bir necha hafta oldin taqdim etilgan.
Nashr manbalari, shuningdek, AQSh ma’muriyati agar mamlakat yadroviy bomba yaratishga intilishdan voz kechsa, Eron tomonidan «ramziy» yadroviy boyitishni nazarda tutadigan yana bir rejani ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini aytishdi.
The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Donald Tramp shuningdek, Eronga cheklangan zarba berish rejasini ham ko‘rib chiqmoqda, bu esa mamlakatni yadroviy bitimni imzolashga majbur qiladi. Agar Tehron keyin kelishuvni imzolashdan bosh tortsa, AQSh hukumatni ag‘darishga qaratilgan keng ko‘lamli harbiy kampaniya bilan javob beradi.