Nyu-York shtatida poliomiyelit tarqalishi sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Buyruqni gubernator Keti Xoul imzolagan.
21 iyul kuni Roklend okrugida emlanmagan falaj poliomiyelit kasalligi aniqlangan. Virus vaksinadan olingan poliomiyelit virusi sifatida aniqlangan va oxirgi marta Nyu-Yorkda 1990 yilda qayd etilgan.
“Nyu-York shtatida falokat yuz berdi, mahalliy hokimiyat uni bartaraf eta olmaydi. Shu bilan 2022 yil 9 oktyabrgacha shtat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilaman”, — deyiladi hujjatda.
Iyun oyida Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash agentligi London kanalizasiyasida poliomiyelit virusi izlari topilganidan keyin milliy favqulodda holat e’lon qilgandi.