Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Nursulton Nazarboyevning sog‘ligi yomonlashgani rostmi?

Nursulton Nazarboyevning sog‘ligi yomonlashgani rostmi?

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘limi haqidagi mish-mishlar bu provokasiya, dedi Nazarboyevning matbuot-kotibi Aydos Ukiboy.

"Biz hech qachon mish-mishlarga izoh bermaganmiz. Ammo oxirgi vaqtlarda ayrim shaxslar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi, xususan, ular Yelbasi sog‘lig‘i haqida haqiqatga mutlaqo zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmoqdalar. Bularning barchasi - fitna va yolg‘on. Ishontirib aytamanki, Nursulton Nazarboyev butkul sog‘lom va hatto karantin sharoitida ham vatan ravnaqi uchun mehnat qilishda davom etmoqda", - degan Ukiboy.

U shuningdek, Nazarboyev 3 aprel kuni viloyat va shahar hokimlari bilan muloqot qilganini eslatib o‘tgan. Ular regionlardagi vaziyatni va qozog‘istonliklar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini muhokama qilishgan.

Shu hokimlarning har biri Yelbasi sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotni tasdiqlashi mumkin, deya ishontirgan Ukiboy.

Nazarboyevning matbuot-kotibi, barcha cheklovlar olib tashlangach, ishchi uchrashuv yoki birinchi prezident ishtirokidagi ilk majlisdan videoyozuv tayyorlab, bo‘lishishga va’da bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, qat’iy karantin sharoitida Yelbasining ishchi kabinetiga kirish cheklangan.

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 500ga yetgan, vafot etganlar soni 4 kishini tashkil qilmoqda.

Kiritildi: 21:50 04.04.2020. O'qildi: 4744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!