Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abish Olmaotada qo‘lga olindi. Bu haqda manbaga tayanib, Orda.kz telegram kanali xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, avvalroq Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Abishning hibsga olinishi ikki soat oldin sodir bo‘lgan, biroq u haqida hozir ma’lum bo‘lgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.