Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Nursulton Nazarboyev kasalxonaga yotqizildi

A A A
Nursulton Nazarboyev kasalxonaga yotqizildi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev kasalxonaga yotqizildi. Uning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi mumkin, deya xabar bermoqda KazTAG qozog‘istonlik OAV menejeri Aleksandr Aksyutisga tayanib.

«Mening manbalarim Nursulton Nazarboyevning Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini aytdi. U yurakning keng qamrovli tekshiruvidan o‘tadi. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, jarrohlik bo‘lishi mumkin», — dedi Aksyutis.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Qozog‘iston senati (parlament yuqori palatasi) raisi Maulen Ashimbayev Nazarboyev faxriy senator maqomidan mahrum etilganini ma’lum qildi. Ko‘p o‘tmay Qozog‘iston parlamenti deputatlari sobiq prezidentning imtiyoz va vakolatlariga taalluqli “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni bekor qildi.

Kiritildi: 10:56 20.01.2023. O'qildi: 2641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!