Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Nurmagomedov: «Fergyuson bilan jang bo‘lmaydi. Chunki...»

Nurmagomedov: «Fergyuson bilan jang bo‘lmaydi. Chunki...»

UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov 18 aprelga mo‘ljallangan Toni Fergyuson bilan jang o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.

«Uyda karantinda o‘tiribman va odamlarning jang atrofidagi gaplarini o‘qib hayron qolyapman. Ularning gapidan kelib chiqadiki, butun dunyo karantin qoidalariga rioya qilib uyda o‘tirishi, Habib esa dunyo bo‘ylab uchib mashg‘ulot o‘tkazishi kerak, shundaymi? Jang uchun hayotimni xavf ostiga qo‘yishim kerakmi?

Hammasini tushunib turibman, jang qoldirilgani uchun sizdan kam xafa emasman. Jangdan keyin mening ham rejalarim bor edi, ammo bo‘layotgan voqealar nazorati mening qo‘limda emas. Salomatligingizni asrang va o‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring», deb yozdi Nurmagomedov "Intstagram"dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Toni Fergyuson hamda Habib Nurmagomedovning jangi umumiy hisobda 5-marta bekor qilindi.

Kiritildi: 07:45 02.04.2020. O'qildi: 2687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!