Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

No‘’mon Qurtulmush: Dunyo Ukraina muammosini hal qila olmaydi!

No‘’mon Qurtulmush: Dunyo Ukraina muammosini hal qila olmaydi!

Hozircha dunyo Ukrainadagi vaziyatni hal qilish mexanizmiga ega emas, mazmunida fikr bildirgan Turkiya Buyuk millat majlisi (parlament) spikeri No‘’mon Qurtulmush.

– Dunyoda urush o‘chog‘i ko‘p, – deydi siyosatchi yakshanba kuni Vashingtondagi chiqishida. – Muammoning paydo bo‘lishi ham turli omillarga bog‘liq. Asosiy sabab – adolatli dunyo tizimi yo‘qligi. Bugungi kunda yer yuzidagi iqlim, migrasiya inqirozini hal qilishning istiqbolli choralari yo‘q. Zero, bu masalalarni hal qila oladigan xalqaro tizim mavjud emas.

Qurtulmush uch yildan buyon davom etayotgan Rossiya Ukraina nizosiga ham e’tibor qaratdi:

– Inqiroz uch yildan buyon davom etmoqda, dunyo ko‘z o‘ngida o‘n minglab odamlar halok bo‘ldi. Buni muammoni bartaraf qila olmaysizlar, chunki xalqaro tizim kerakli mexanizmga ega emas.

Kiritildi: 14:05 08.07.2024. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!