Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Nukusda uchta institut filiali ochildi

Nukusda uchta institut filiali ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Nukus shahrida 3 ta OTMning filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
 
Qaror bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya medisinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi.
 
Qarorlar bilan mazkur filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi.
 
2019–2020 o‘quv yilida har bir Filialga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.
 
2020–2021 o‘quv yilidan boshlab esa mazkur Filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Kiritildi: 16:31 14.11.2018. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!