Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nukusda namoyishga chiqqan ayollarning puli qachon beriladi?

Nukusda namoyishga chiqqan ayollarning puli qachon beriladi?

Avvalroq Nukus shahrida ayollar norozilik namoyishiga chiqqani haqida xabar bergandik. Bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligi ushbu holatga munosabat bildirdi.

"Ayrim elektron ommaviy axborot vositalarida Nukus shahrida jamoat ishida qatnashgan bir guruh xotin-qizlar ularga mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun avtomobil qatnov yo‘lida norozilik namoyishi o‘tkazganligi to‘g‘risida ma’lumotlar chop etilgan.  

Mazkur holat bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tezkor o‘rganish o‘tkazildi. Uning natijalarini vazirlik axborot xizmati taqdim qildi (https://t.me/mehnatvazirligi/4150).

Joriy yil noyabr oyida “Temir daftar”ga, “Ayollar daftari”ga kiritilgan kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligiga ko‘maklashish maqsadida Nukus shahrida 1 184 nafar ishsiz fuqaro qo‘shimcha ravishda mahalla fuqarolari yig‘inlari buyurtmasiga asosan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularga 817 million so‘m ish haqi hisoblangan.  

Amaldagi tartibga muvofiq, buyurtmachi – ish beruvchi tomonidan jamoat ishlarida bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida dalolatnoma, jamoat ishiga qatnashganligini tasdiqlovchi qaydnoma (tabel) taqdim etilganidan so‘ng mazkur hujjatlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha mablag‘lari moliyalashtirilib beriladi.
 
Hozirgi kunga kadar fuqarolarga 226 million so‘m ish haqi to‘lab berildi, qolgan 591 million so‘m mablag‘ Nukus shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 18 dekabr kuni to‘liq to‘lab beriladi.  

O‘rganish yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi. Mablag‘lar to‘liq to‘lab berilgani va aybdor mansabdor shasxlarga choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘shimcha taqdim etiladi".

Kiritildi: 11:05 18.12.2020. O'qildi: 2481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!