Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Nufuzli "The Ring Magazine" o‘zbekistonlik bokschi haqida post qoldirdi

Nufuzli "The Ring Magazine" o‘zbekistonlik bokschi haqida post qoldirdi

Dunyoning eng nufuzli boks nashrlaridan biri "The Ring Magazine" o‘zbekistonlik iste’dodli bokschi Javohir Ummataliyevga e’tibor qaratdi.

Nashr ijtimoiy tarmoqlarda Ummataliyevning amerikalik jahon chempioni Shakur Stivenson bilan AQShdagi mashhur "Mayweather Boxing Gym" zalida o‘tkazgan mashg‘ulot va sparring jarayonidan kadrlarni e’lon qildi.

Nufuzli "The Ring Magazine" o‘zbekistonlik bokschi haqida post qoldirdi

"The Ring Magazine" o‘z postida Javohirni katta istiqbolga ega o‘zbekistonlik bokschilardan biri sifatida ta’rifladi.

Nufuzli nashrning bunday e’tibori Ummataliyevga xalqaro boks jamoatchiligi tomonidan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, uning Shakur Stivenson kabi yuqori saviyali bokschi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotgani ham e’tiborga molik.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschi Javohir Ummataliyev jahon boksi e’tiboriga tushishda davom etmoqda.

Kiritildi: 19:01 22.09.2026. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!