Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«NTV-Plyus» bosh direktori: «Buvim sof o‘zbek tilida gaplashardi»

A A A
«NTV-Plyus» bosh direktori: «Buvim sof o‘zbek tilida gaplashardi»

Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya media-forumi o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirda O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi davlat va nodavlat OAVlari rahbarlari, taniqli ijodiy xodimlar, jurnalistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan oliy talim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talabalar qatnashmoqda.

«[leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cDovL3d3dy51emEudXovb3ovc29jaWV0eS9yb3NzaXlhbmluZy1lbmcteWlyaWstdGVsZWtvbW11bmlrYXRzaXlhLWtvbXBhbml5YXNpLXJhLWJhcmktMDYtMTAtMjAxOA%3D%3D]O‘zA[/leech]» nashri xabar berishicha, media-forumida Rossiyaning eng yirik telekompaniyasi – «NTV-Plyus» bosh direktori Mixail Dyomin ham ishtirok etmoqda.

Bugungi kunda «NTV-Plyus» — sun’iy yo‘ldosh raqamli televideniye (HDTV)ning 270 ta kanalini o‘zida jamlagan, Rossiya bozorida muvaffaqiyat qozongan yetakchi kompaniyalardan.

«O‘zbekiston-Rossiya media-forumi ilk bora o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakatning media sohasi bo‘yicha faol hamkorlik qilishida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Biz o‘zaro muloqotda kompaniyamizning telekommunikasiya sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdik», — dedi nashrga bergan intervyusida Mixail Dyomin.

Toshkent taassurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz, degan savolga:

— Bilasizmi, men Toshkentda tug‘ilganman, u mening ona shahrim, bolaligim yodgorligi. Doim «Farhod» bozoridan bozor-o‘char qilardik. Buvimni aytmaysizmi, sof o‘zbek tilida gaplashardi. Bularning bari kechagidek yodimda, — deb javob qaytargan.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 07:41 07.10.2018. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik