Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Norvegiyada valiahd malikaning o‘g‘liga qarshi sud boshlanadi

Norvegiyada valiahd malikaning o‘g‘liga qarshi sud boshlanadi

Seshanba kuni Osloda Norvegiyaning valihd malikasi Mette-Maritning 29 yoshli o‘g‘li Marius Borg Xyoybiga qarshi sud jarayoni boshlanadi, deb xabar beradi AZERTADJ.

Unga 38 ta jinoyat, jumladan 4 ta zo‘rlash, sobiq qiziga nisbatan maishiy zo‘ravonlik, bir necha yo‘l qoidasini buzish va polisiya xodimlarini kuzatish ayblovlari qo‘yilgan. Agar aybi isbotlansa, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, ayrim jinoyatlar uxlab yotgan yoki mast holda bo‘lgan odamlarga nisbatan sodir etilgan. Olti ayol, jumladan Marius Borg Xyoybi munosabatda bo‘lgan ikki nafar ayol va bir erkak jabrlanuvchi deb topilgan. Xyoybi zo‘ravonlikning ayrim holatlari, mulkiy zarar, odam o‘ldirish tahdidi, tezlikni oshirish va 2020 yilda 3,5 kilogramm marixuana tashish kabi bir qator yengil ayblovlarni tan oldi. Ammo, u eng og‘ir ayblovlarni, jumladan zo‘rlashni rad etmoqda.

Jarayon davomida sud jabrlanuvchilar, guvohlar va mutaxassislarning ko‘rsatmalarini eshitadi. Texnik dalillar muhim rol o‘ynaydi. Xyoybining elektron qurilmalarida polisiya ko‘plab foto va video materiallarni topdi, ularning ayrimlari ayblov bo‘yicha taxminiy jinoyatlar bilan bog‘liq.

Sud jarayoni ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortdi, unga Norvegiya va boshqa davlatlardan taxminan 200 jurnalist ishtirok etishi rejalashtirilgan. Qirollik oilasi vakillari eshituvlarda ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Sud 19 martgacha davom etadi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!