Norvegiya Rossiya bilan urush holatida rekvizisiyalarga tayyorgarlik ko‘rishga chaqiruvchi fuqarolarga minglab xatlar yubordi.
Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.
Hukumat fuqarolarga urush paytida uylar, avtomobillar, qayiqlar, jihozlar va boshqa harbiy texnika musodara qilinishi mumkinligi haqida minglab xatlar yubordi.
Norvegiya Qurolli Kuchlari logistika xizmati rahbari Andres Jernberg mamlakat "harbiy va fuqarolik tayyorgarligini keng miqyosda oshirayotganini" va "Ikkinchi Jahon urushidan beri eng jiddiy xavfsizlik holatida" ekanligini ta’kidladi.
2026 yilda taxminan 13 500 ta shunday xatlar yuborilishi rejalashtirilgan.