Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Norvegiya tinch aholini evakuasiya qilish rejasini ishlab chiqmoqda, chunki...

Norvegiya tinch aholini evakuasiya qilish rejasini ishlab chiqmoqda, chunki...

Bu haqda Norvegiya Fuqaro muhofazasi boshqarmasi rahbari Elizabet Orseter VG nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu ishlar Qurolli kuchlar va polisiya bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda. Hozirda xavf darvjasi yuqori bo‘lgan hududlar baholanmoqda.

"Bular Rossiyaga geografik jihatdan yaqin joylashgan hududlar, shuningdek, harbiy ob’ektlar joylashgan joylardir", — dedi Orseter.

Allaqachon Norvegiyaning shimolidagi Finnmark viloyatida harbiy evakuasiyani rejalashtirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazilgan. Shuningdek, Tromsyo va Ser-Varanger munisipalitetlari rahbariyati ham bunday choralar zarurligini bildirgan. Rejani ishlab chiqishda Norvegiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tajribasidan kelib chiqmoqda. Xususan, agressor tomonidan energetika infratuzilmasiga zarbalar berish ehtimoli yuqori ekanligi inobatga olinmoqda.

Kiritildi: 20:36 24.12.2025. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!