Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Noqonuniy olib o‘tilayotgan sovuq qurollar to‘xtatib qolindi

Noqonuniy olib o‘tilayotgan sovuq qurollar to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi tomonidan navbatdagi qonun buzilish holatiga chek qo‘yildi.

Qo‘shni mamlakatdan yurtimizga piyoda kirib kelgan fuqaro R.N. o‘zi bilan olib kelgan qo‘l yuklarida taqiqlangan va deklarasiyalanadigan tovarlar yo‘qligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, biroq bojxona nazorati jarayonida bu narsa tamoman aksi bo‘lib chiqdi.

Ushbu shaxsning sumkasi ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 115 dona pichoqlar va kastetlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:05 28.08.2019. O'qildi: 1847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!