Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nomusulmon ayollar kun bo‘yi hijobda yurishdi

Nomusulmon ayollar kun bo‘yi hijobda yurishdi

Sakkiz yil oldin Nyu-Yorklik musulmon Nazma Xon o‘z mamlakatining ayollariga hijobli ayollarning Amerikadagi ahvolini o‘z boshida sinab ko‘rishni taklif qilgan edi. Dastlab tor miqyosda boshlangan tadbir oxir-oqibat Xalqaro hijob kuni deb e’lon qilishgacha bordi.

Bu yilgi Hijob kunida musulmon bo‘lmagan ayollar ham faol ishtirok etishdi.  

"Bu mening birinchi Hijob kunim edi va u juda qiziqarli o‘tdi. Menga hijobda ayolning holati yoqdi va ehtimol uni tez-tez kiyishni boshlarman", degan o‘zini dinsiz hisoblaydigan amerikalik ayol Rebeka Burton.

"Yana bir Hijob kuni va yana ta’riflab bo‘lmaydigan tuyg‘u! Dunyo bo‘ylab musulmon ayollarni qo‘llab-quvvatlayotganimdan juda xursandman va ularni sevishimni ularga aytib qo‘yinglar", deb yozgan Kayla ismli mormonlar jamoasidan bo‘lgan qiz.

"Men hijobni 6 oydan beri kiyib yuribman va bugun kalimai shahodatni aytdim", – dedi xushxabar bilan bo‘lishgan Saffir ismli talaba.

Kiritildi: 15:43 08.02.2020. O'qildi: 7105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!