Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Noma’lum tadbirkor Namangandagi maktabga 25 ta televizor sovg‘a qildi

Noma’lum tadbirkor Namangandagi maktabga 25 ta televizor sovg‘a qildi

Namangandagi 80-umumta’lim maktabida saboq olgan tadbirkor maktabdagi barcha 24 ta sinf hamda ma’naviyat xonasiga jami 25 ta zamonaviy televizor sovg‘a qildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, maktabda 1138 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ularga 66 nafar o‘qituvchi saboq bermoqda.

«Himmatpesha tadbirkor o‘z ismini oshkor etishni zarur deb bilmadi. Uning tuhfasidan maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar hamda pedagogik jamoaning barchasi birdek mamnun», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:31 19.09.2019. O'qildi: 2306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!