Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Nima uchun Makron rafiqasi bilan Moskvaga kelmoqda?

Nima uchun Makron rafiqasi bilan Moskvaga kelmoqda?

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron futbol bo‘yicha chempionatning final o‘yini tomosha qilish uchun Moskvaga keladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Final o‘yini 15 iyul soat 18-00 da boshlanadi. Fransiyaliklarga qarshi Angliya — Xorvatiya bahsida g‘alaba qozongan jamoa maydonga chiqadi.

Kuni kecha Fransiya terma jamoasi Sankt-Peterburgda Belgiya jamoasini 1-0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Fransiya jamoasi tarixda uchinchi marta jahon chempionatining final bosqichiga chiqdi.

Ular 1998 yilda jahon chempioni bo‘lishgan, 2006 yilda esa Italiya jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi.

Fransiya jamoasi 14 ta jahon chempionatlarida ishtirok etgan, u FIFA reytingida 9-chi o‘rinda.

Rossiyada ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati 14 iyun — 15 iyul kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Uyinlar 11 ta shaharning 12 ta stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

Asr.uz

Kiritildi: 14:37 12.07.2018. O'qildi: 1920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!