Fransiyaning suv toshqini bo‘yicha ogohlantirish xizmati rahbari ma’lum qilishicha, so‘nggi bir oy davomida tinimsiz yomg‘ir va qator qishki bo‘ronlar tufayli idora sutka davomida ishlamoqda. Ayrim hududlarda daryolar qirg‘oqlaridan toshib chiqqan.
Rasmiylar vaziyatni «barcha rekordlar yangilandi» deya baholamoqda. Toshqinlar infratuzilmaga zarar yetkazgan, transport harakatida uzilishlar kuzatilmoqda.
Aholiga xavfli hududlarda ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etildi.