Madridning “Real” klubi yangi darvozabon borasida kelishuvga erishdi.
Zinedin Zidan tufayli bir qarorga kela olmayotgan “Real” prezidenti fransiyalik mutaxassisning iste’fosidan keyin darhol yangi darvozabon topdi. Eslatib o‘tamiz, “Real”ning short-listida De Xea, Kurtua, Yan Oblak va Alisson Beker kabi variantlar bor edi.
“El Mundo Deportivo” nashrining yozishicha, “qirollik klubi” “Roma” posboni Alisson Bekker borasida kelishuvga erishdi. Ayni damda tomonlar 25 yoshli posbonning transfer narxi borasida muzokara o‘tkazishmoqda. “Real” Bekker uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor, “Roma” rahbariyati esa bu summaga yana 20 mln yevro qo‘shilishini istayapti. Katta ehtimol bilan Bekkerning transferini “Real” shu haftada e’lon qiladi.