Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Nihoyat JSST vakillarining Xitoyga kirishiga ruxsat berildi

Nihoyat JSST vakillarining Xitoyga kirishiga ruxsat berildi

Koronavirusning kelib chiqishini o‘rganadigan xalqaro ekspertlar bir necha kun keyin Xitoyning Uxan shahriga keladi. 

Jahon Soqliqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ning ma’lum qilishicha, Xitoy hukumati 11 yanvar kuni nihoyat xalqaro ekspertlarning mamlakatga kirishiga ruxsat bergan. Olimlar 14 yanvarda Xitoyga keladi va ikki haftalik karantindan keyin tadqiqotlarga kirishadi. 

JSST va Pekin o‘rtasida koronavirusning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri davom etayotgan edi. 5 yanvar kuni JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus xalqaro ekspertlarning Xitoyga kiritilmayotganidan ishkoyat qildi. Xitoy esa kechikishni ekspertlarda ayrim hujjatlar yo‘qligi va delegasiyani kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq qiyinchiliklar bilan izohladi. 

Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus 2019 yilning dekabrida ilk bor aynan Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan edi. Hozirga kelib butun dunyoda ushbu infeksiya yuqqanlar soni 91 milliondan oshib ketdi. 

Oxirgi vaqtda Xitoy hukumati yangi koronavirus Uxanda aniqlanishidan oldin boshqa mamlakatlarda bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlarni tarqatyapti. Bunga isbot sifatida esa muzlatilgan mahsulotlarda virus izi aniqlanganini keltirmoqda.

Kiritildi: 19:37 12.01.2021. O'qildi: 1866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!