Nigeriya shimolidagi Jigava shtatida yoqilg‘i tashuvchi tanker portlashi oqibatida 94 kishi halok bo‘ldi.
Jigava shtati polisiyasi matbuot kotibi Lovan Adamuning Anadolu nashriga ma’lum qilishicha, portlash Jigava shtatidagi Kano-Hadeja yo‘lida hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan.
Adamu portlashda 94 kishi halok bo‘lganini va kamida 50 kishi jarohatlanganini ta’kidladi.
Adamuning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, biroq qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotirlar bor.
Rasmiylar voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadalari yuborilgani va voqea yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.