Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Kano shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi va ko‘plab odamlar jarohat oldi.
Bu haqda Daily Post gazetasi shtat gubernatori Abba Yusufga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kvanar-Barde qishlog‘i yaqinidagi Gujunga shahriga olib boradigan magistralda haydovchining beparvoligi tufayli odamlarni olib ketayotgan tirkama halokatga uchragan.
Yaradorlar tibbiy yordam olish uchun shtatdagi kasalxonalarga olib ketilgan.