Bu haqda NL Times xabar berdi.
Qurg‘oqchilik va daryolarda suv sathi pasayib ketgani sababli rasmiylar xavf darajasini oshirdi.
Ichimlik suvi hozircha mavjud, biroq aholidan uni tejab sarflash so‘ralmoqda.
Cheklovlar birinchi navbatda kemachilik, sanoat va qishloq xo‘jaligiga ta’sir qilishi mumkin. Ayrim hududlarda dehqonlarga dalalarni daryo va kanallardan sug‘orish taqiqlab qo‘yildi.