Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Niderlandiya mudofaa vaziri Xarkovga tashrif buyurdi

Niderlandiya mudofaa vaziri Xarkovga tashrif buyurdi

Ruben Brekelmans X ijtimoiy tarmog‘ida Ukrainaga tashrifidan olingan suratlarni e’lon qilib, Xarkovda yirik portlashlar oqibatida vayron qilingan uylar, elektr quvvatining yo‘qligi va maktabga bunkerlarda borayotgan bolalarni ko‘rganini ta’kidladi.

"Ukraina bularning barchasidan faqat Rossiyani uzoqroq masofada ushlab turish orqali himoyalanishi mumkin", deya qo‘shimcha qildi Brekelmans.

Avgust oyida Niderlandiya Qurolli kuchlari qo‘mondoni Onno Eyxelsxeym mamlakat Ukrainaning Rossiya hududiga hujumlar uchun berilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanishiga qarshi emasligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!