Niderlandiya malikasi Katarina-Amaliya asosiy harbiy tayyorgarlikni tugatdi va kapral unvoniga erishdi.
Bu haqda Niderlandiya Mudofaa vazirligi e’lon qildi.
Malika Amaliya qirollik oilasida harbiy xizmatga kirgan birinchi ayol bo‘ldi. U shuningdek, taxtga birinchi nomzod bo‘lib, hozirda otasi qirol Villem-Aleksandr uni egallab turibdi.
Maktabni tugatgandan so‘ng, Amaliya harbiy beret va kapral unvonini oldi.
Malika endi Mudofaa vazirligining ma’muriy shtab-kvartirasida bepul ishlay boshlaydi.
Qirol Villem-Aleksandr qizini 2025 yil 30 sentyabrda Niderlandiya Qurolli Kuchlarida rezervchi etib tayinlagandi.