Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Neymarning otasi o‘g‘liga murojaat qildi

Neymarning otasi o‘g‘liga murojaat qildi

Neymarning otasi «Santos» klubi va Braziliya terma jamoasi futbolchisiga ommaviy ravishda murojaat qildi. U o‘g‘lidan futbol o‘ynashda davom etishini so‘radi.

«Sendan iltimosim, Ney: iltimos, futbol o‘ynashda davom et», — deya Neymarning otasi so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCH-2026 dagi ishtirokini 1/8 finalda Norvegiyadan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng yakunlagan edi. O‘sha kuni Neymar bu uning milliy jamoa tarkibidagi oxirgi o‘yini bo‘lganiga shama qilgandi. Klub darajasida Neymar «Santos» sharafini himoya qilmoqda. Biroq u ko‘plab jarohatlar tufayli jamoada kamdan-kam maydonga tushadi. Bundan avval braziliyalik futbolchi «Barselona», «PSJ» va «Al-Hilol» klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 14:27 07.07.2026. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!