“Qirolichaning yurishi” nomli miniserial “Netflix” tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan miniserialga aylandi.
Bu haqda kompaniyaning tvitterida xabar berildi.
“Birinchi 28 kun ichida tomosha qilishni tanlagan rekord darajadagi 62 million foydalanuvchilar sabab "Qirolichaning yurishi” shu kungacha eng ko‘p ko‘rilgan miniserialga aylandi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, qayd etilishicha, serial 92 mamlakatda eng yaxshi o‘ntalikka kirgan. Ularning 63 tasida, jumladan, Rossiya, AQSH, Argentina va Isroilda esa birinchi o‘ringa chiqqan.
"Qirolichaning yugurishi" miniseriali yetti qismdan iborat bo‘lib, premyerasi 2020 yilning 23 oktyabrda bo‘lib o‘tdi. Serial mashhur bo‘lishni istagan, ammo hissiy muammolar va giyohvand modda asiriga aylangan shaxmat dahosi Bet Xarmon haqida hikoya qiladi.
Asosiy rolni Anya Teylor-Joy ijro etgan.