Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Netanyaxu: G‘azo sektorini boshqarish kengashi tarkibi Isroil bilan kelishilmagan

Netanyaxu: G‘azo sektorini boshqarish kengashi tarkibi Isroil bilan kelishilmagan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorini boshqarish kengashi tarkibi Isroil bilan kelishilmagani va uning siyosatiga zid ekanini bildirdi.

Netanyaxu idorasi ma’lum qilishicha, «Tinchlik kengashi»ga bo‘ysunadigan kengash tarkibi haqidagi e’lon Isroil bilan muvofiqlashtirilmagan va uning siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Bosh vazir bu masalada Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar orqali AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga murojaat qilishni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 9 oktyabr kuni Isroil va palestin HAMAS harakati Misr, Qatar, AQSh va Turkiya vositachiligida AQSh prezidenti Donald Tramp taqdim etgan tinchlik rejasining birinchi bosqichini amalga oshirishga kelishib olgan edi. Keyingi kuni G‘azo sektorida otish to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Ikkinchi bosqichda Isroil qo‘shinlari anklavdan chiqariladi, xalqaro barqarorlik kuchlari joylashtiriladi va sektorni boshqarish uchun tashkilotlar, shu jumladan «Tinchlik kengashi» ish boshlaydi.

Kiritildi: 23:19 17.01.2026. O'qildi: 183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!