Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Netanyaxu: "Erondan boyitilgan uran olib tashlanishi kerak"

Netanyaxu: "Erondan boyitilgan uran olib tashlanishi kerak"

Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning ta’kidlashicha, o‘tgan hafta Floridada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Eronning yadroviy salohiyati batafsil muhokama qilingan.

Bu haqda bosh vazir vazirlar mahkamasining haftalik yig‘ilishi boshlanishida ma’lum qildi.

"Biz bir tomondan – uran boyitish nolga teng , ikkinchi tomondan – Erondan 400 kilogramm boyitilgan materialni olib chiqish va yadroviy inshootlar ustidan qat’iy va samarali nazoratni ta’minlash zarurligini yana bir bor tasdiqladik", — dedi Netanyaxu.

Isroil bosh vaziri Tramp bilan G‘azodagi vaziyatni ham muhokama qilganini, Amerika yetakchisi esa “aniq” XAMASdan qurollarini tashlashni talab qilganini aytdi.

“Boshqa variant yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi Netanyaxu. “Bu Trampning 20 banddan iborat rejasini amalga oshirishning zarur va asosiy shartidir”.

Kiritildi: 05:48 05.01.2026. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!