Shuningdek, Netanyahu Tramp bilan telefonlashganini ham qo‘shicha qildi.
"Prezident Tramp bilan ajoyib suhbat qildik. U Eronga iqtisodiy va harbiy jihatdan juda kuchli bosim o‘tkazmoqda.
Biz Isroil va Livan o‘rtasida tarixiy tinchlikka erishish jarayonini boshladik. “Hizbulloh” bunga xalaqit berishga urinmoqda", — dedi Isroil bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni kechqurun AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh yana uch haftaga uzaytirilganini va Vashington ikki davlat o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishishga intilayotganini e’lon qildi.