Binyamin Netanyahu mamlakat o‘z harbiy qudratini mustaqil ravishda rivojlantirish uchun katta miqdorda sarmoya ajratishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kelgusi yillarda milliy qurol-yarog‘ tizimlarini ishlab chiqishga 119 milliard AQSh dollari yo‘naltiradi.
Netanyahu ta’kidlashicha, bu qarorning asosiy maqsadi — davlatning tashqi mamlakatlarga harbiy jihatdan qaramligini kamaytirish va strategik mustaqillikni ta’minlashdan iborat.
Mazkur reja Isroilning mudofaa sohasida o‘z texnologiyalari va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan.