Istanbul prokuraturasi Isroil bosh vaziri va uning hukumatiga nisbatan ayblov e’lon qilishi ortidan Binyamin Netanyahu X platformasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on haqida salbiy mazmundagi post qoldirdi.
"Mening rahbarligim ostidagi Isroil Tehronga yordam berayotgan va hatto o‘zining kurd fuqarolarini qirg‘in qilayotgan Erdo‘g‘andan farqli o‘laroq, Eronning terrorchilik rejimi va uning malaylariga (proksilariga) qarshi kurashishda davom etadi", — deb yozdi Netanyahu.